PSJ va MYu yozda Varan uchun raqobatlashadi

  • 3 fevral, 2021, 21:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Pari Sen-Jermen" va "Manchester Yunayted" klublari "Real" himoyachisi Rafael Varanni o‘z safiga qo‘shib olishni xohlamoqda.

Tecno

Todofichajes nashrining yozishicha, ingliz va frantsuz grandlari 27 yoshli frantsiyalik futbolchini yozgi transferlar davrida sotib olishni rejalashtirmoqda. O‘z navbatida, “Qirollik klubi” ham so‘nggi paytlarda tez-tez xatoga yo‘l qo‘yayotgan Varanni 70 mln evro evaziga sotib yuborish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Rafael Varan joriy mavsum “Real”da jami 26 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!