"PSJ" vakillarining JChdagi 11 metrlik nuqta qarshisida oyoqlari qaltiramoqda

  • 10 dekabr, 2022, 09:11
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"PSJ" vakillari Qatarda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida penaltilarni amalga oshirish chog‘ida o‘zlariga o‘xshamayapti.

Parijliklarning naq uch nafar futbolchisi - Pablo Sarabiya, Karlos Soler va Markinos joriy jahon chempionatining pley-off o‘yinlarida penaltilar seriyasida o‘z zarbalarini muvaffaqiyatsiz amalga oshirishdi.

Xabarlarga ko‘ra turnir tarixida birinchi marta bir klubning uch nafar futbolchisi bir musobaqa doirasida penaltilarni golga aylantira olmadi.

Sarabiya va Soler 1/8 final doirasida Ispaniyaning Marokashga qarshi o‘yinida noaniqlikka yo‘l qo‘yishdi, bu esa "qizil furiya"ga keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkonini bermadi, Markinos esa Xorvatiya bilan yutqazilgan chorak final uchrashuvida braziliyaliklarning ishonchini oqlay olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!