
PSJ Vlaxovich uchun "Yuventus"ga super taklif yubormoqchi
Tez orada PSJ “Yuventus” hujumchisi Dushan Vlaxovich uchun bonuslar bilan birga 90 mln evro taklif qiladi.
Parijliklar 23 yoshli serbiyalik futbolchi uchun mavsumiga taxminan 9 million maosh bilan ko‘p yillik shartnoma imzolashga tayyor. Bu haqda jurnalist Alfredo Pedulla xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, PSJ rahbariyati Kilian Mbappening jamoadagi kelajagidan qat’i nazar, Vlahovich bilan shartnoma imzolash niyatida.
Insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Vlaxovichning o‘zi frantsuz klubiga o‘tishga tayyor.
Fikrlar