PSJ Xamesning transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Frantsiyaning PSJ klubi "Real"dan kolumbiyalik yarim himoyachi Xames Rodrigesni sotib olmoqchi.
Marca nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra parijliklar Kardiffdagi EChL finalidan oldin futbolchining agenti bilan bu borada gaplashishgan.
Xabarlarga qaraganda, Xamesning transferi PSJga taxminan 75 mln evroga tushishi mumkin. Ta’kidlash kerakki, unga shuningdek Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar