PSJ Xolandga fantastik maosh taklif qilmoqda
"Pari Sen-Jermen" klubi "Borussiya" Dortmund hujumchisi Erling Xolandni olish fikridan qaytmayapti.
Foot Mercato tarqatgan xabarga qaraganda, PSJ 21 yoshli norvegiyalik to‘purarga yiliga 38 million evro maosh to‘lashga tayyor. Frantsiya grandi Xolandni mavsum yakunlangach, shartnomasi yakunlanadigan va katta ehtimol bilan “Real”ga ko‘chib o‘tadigan Kilian Mbappe o‘rniga munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda.
Bundan avvalroq, parijliklar Mbappe o‘rniga “Fiorentina”ning serbiyalik hujumchisi Dushan Vlaxovich nomzodini ham ko‘z ostiga olib qo‘ygani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Erling Xoland joriy mavsum "Borussiya" Dortmund safida jami 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 11 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning nemis grandi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar