
PSJ yangi murabbiy bilan shartnoma imzoladi
Jurnalist Fabritsio Romano PSJ klubi 48 yoshli argentinalik mutaxassis Maurisio Pochettino bilan shartnoma tuzilganini tez orada rasman e’lon qilishini bildirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar o‘zaro bitimning barcha shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgan va Pochettino shartnomani imzolagan. Oldin xabar berilganidek, kelishuv 2023 yilgacha tuzildi.
Avvalgi murabbiy Tomas Tuxel klubni Frantsiya chempioniga aylantirib, tarixda ilk bor Evropa Chempionlar ligasining finaliga olib chiqqaniga qaramay, shartnomasi yakunlanishiga yarim qolgan bir paytda iste’foga chiqarildi.
Pochettino 2019 yili “Tottenxem”dan ketganidan beri ishsiz yurgandi. U avval “Espanol” va “Sautgempton” jamoalarini boshqargan.
Fikrlar