PSJ yozda A Seriyada to‘p surayotgan 3 ta top futbolchini Parijga olib kelmoqchi

  • 6 may, 2020, 10:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Pari Sen-Jermen" klubi mavsumlar oralig‘ida A Seriyada to‘p surayotgan 3 nafar yarim himoyachini sotib olmoqchi. Bu haqda le10sport.com xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Frantsiya chempioni e’tiboridan Ismael Bennaser ("Milan"), Sergey Milinkovich-Savich ("Latsio") va Lorentso Pellegrini ("Roma") joy olgan.

22 yoshli Bennaser bu mavsum "Milan" safida 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golga assistentlik qildi. 25 yoshli Milinkovich-Savich esa 31 ta o‘yinda "Latsio" sharafini himoya qildi va 5 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. 23 yoshli Pellegrini “Roma” libosida joriy mavsum 24 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 11 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!