
PSJ yozda o‘zi o‘rnatgan 222 mln evrolik transfer rekordini yangilamoqchi
Frantsiyaning PSJ klubi mavsumlar oralig‘ija o‘zi o‘rnatgan transfer rekordini yangilamoqchi.
Le 10 Sport nashrining xabar berishicha parijliklar "Tottenxem" forvardi Xarri Keynni sotib olishni ko‘zlashmoqda. Aytish lozimki, 24 yoshli angliyalik forvrd PSJda mavsum yakunlangach jamoani tark etadigan Edinson Kavanining o‘rnini egallashi kutilmoqda.
O‘z navbatida PSJ rahbariyati ushbu transfer uchun o‘tgan yil yozda Neymar uchun to‘langan 222 mln evrodan ko‘proq mablag‘ sarflashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Keynga shuningdek Madridning "Real" klubi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar