
PSJ yulduzi jamoaga kelganidan afsusda
Joriy mavsum avvalida PSJ safiga kelib qo‘shilgan Janluiji Donnarumma o‘z qaroridan norozi.
"Corriere della Sera" nashrining yozishicha, italiyalik darvozabon Keylor Navas bilan bo‘layotgan raqobatda imkoniyatni boy bermoqda va aksariyat hollarda zaxira o‘rindig‘ida qolib ketyapti. Mavsum oldidan uning asosiy darvozabon bo‘lishi taxmin qilinayotgan edi.
Xabarlarga qaraganda, PSJning janubiy amerikalik futbolchilari Messi, Neymar, Di Mariya, Markinos va Paredes Navasni qo‘llab-quvvatlamoqda va Pochettinoning qaroriga ta’sir ko‘rsatyapti.
Ma’lumot uchun, 22 yoshli posbon parijliklar safida 8 o‘yindan 2 tasida maydonga tushdi. Qolgan bellashuvlarda Keylor Navasga ishonch bildirilmoqda.
Fikrlar