PSJ yulduzi "Liverpul" radariga tushdi

  • 12 iyun, 14:11
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ vingeri Bradli Barkola Angliya Premer-ligasining top-klubiga o‘tishi mumkin, deya xabar beradi "The Sun" nashri.

Tecno

Manbaning xabariga ko‘ra, 22 yoshli futbolchiga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda. Mersisaydliklar agar "Nyukasl" va Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Isakni qo‘lga kirita olmasa, e’tiborini Barkolaga qaratishi mumkin. Bradlining parijliklar bilan 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnomasi bor.

"Transfermarkt" portali frantsiyalik uning bozor narxini 70 million evroga baholamoqda. O‘tgan mavsumda Barkola 58 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!