
PSJda jiddiy yo‘qotish
Hujumchi Neymar va himoyachi Serxio Ramos Frantsiya chempionatining navbatdagi turida parijliklarga yordam bera olmaydi. Ular “Ayachcho”ga qarshi o‘yin oldidan qaydnomadan joy olmadi. Bellashuv ertaga Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, ikkala futbolchida ham diskvalifikatsiya bor, shu sababli ular mazkur bahsda ishtirok eta olmaydi. Ayni paytda Neymar va Ramos umumiy guruhda faol mashg‘ulotlar olib borishmoqda.
Neymar joriy mavsum Frantsiya chempionatida 9 ta gol va 7 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. 36 yoshli Ramos esa Liga 1da 10 ta o‘yin o‘tkazdi.
Fikrlar