
PSJni tark etgan Silva APLga yo‘l olishi mumkin
Kuni kecha UEFA Chempionlar Ligasi finalida PSJ tarkibida harakat qilgan Tyago Silva ushbu bahsda parijliklar safidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazganini ma’lum qildi. Shu bilan braziliyalik fulbek erkin agentga aylandi.
Yakuniga etgan mavsum mobaynida himoyadagi muammolar girdobida qolgan "Chelsi" futbolchini o‘z safiga chorlamoqda. Bu haqida klubga yaqin manbalar xabar bermoqda.
Shuningdek, "aristokratlar" allaqachon 35 yoshli himoyachi bilan bog‘lanishga ulgurgani haqida ham xabarlar tarqaldi.
Fikrlar