PSJning sobiq futbolchisi Saudiya klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin

  • 6 iyul, 2022, 15:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Krasnodar" klubi yarim himoyachisi Gjegoj Krixovyak faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Mashhur insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, 32 yoshli polshalik futbolchining xizmatlariga "Al-Shabab" klubi jiddiy qiziqib qolgan. Manbaga ko‘ra, bu borada tomonlar o‘rtasida muzokaralar allaqachon boshlab yuborilgan.

Krixovyak arab klubidan aniq taklif olgan va yakuniy qarorga kelib olish uchun ulardan vaqt so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, “Sevilya” va PSJ klublariningg sobiq futbolchisi hisoblangan Krixovyak o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini Gretsiyaning AEK klubida o‘tkazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!