Pul muhimmi yoki jamoa?

  • 11 oktabr, 2021, 14:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Inter” hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida “Napoli”da o‘ynayotgan Italiya terma jamoasi hujumchisi Lorentso Insineni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Aslida 30 yoshli futbolchi faoliyatini Neapol klubida davom ettirishga qarshi emas va  rahbariyat maoshini oshirishini kutmoqda. Biroq, “Napoli” etakchi hujumchisiga ham maoshi pasaytirilgan shartnoma taklif qilmoqchi.

Bu vaziyatdan foydalanib qolishni istagan “Inter”  Insinega hozirgi maoshidan ko‘proq mablag‘ berishni va’da qilyapti.

Insine kelajagi borasida bir qarorga kelgani yo‘q. U A Seriyada peshqadamlik qilayotgan va joriy mavsumda chempionlikka erishish imkoniyati yuqori baholanayotgan jamoani tashlab ketolmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!