
Pul nimalar qilmaydi? “Nyukasl”ning supertaklifi “Barsa” yulduzini yo‘ldan urdi
“Barselona” bilan yangi shartnoma tuzishga moyil bo‘lib turgan Usmon Dembeleni “Nyukasl”ning o‘ta manfaatli taklifi o‘ylantirib qo‘ydi.
Manbalarning xabar berishicha, inglizlar frantsiyalik hujumkor futbolchiga agar u kelasi yozda “Nyukasl”ga erkin agent sifatida o‘tadigan bo‘lsa, 15 million evro bonus va yiliga 15 million evro maosh olishini taklif qilmoqda.
Bu taklif kuchga kirishi uchun Dembele kataloniyaliklar bilan mavsum oxirida yakunlanadigan bitimni yangilamasligi kerak.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, moliyaviy inqirozdan chiqa olmayotgan “Barselona” maosh borasida jahon futbolida eng boy homiyga ega “Nyukasl” bilan bahslasha olmaydi.
Fikrlar