Pulingiz bo‘lmasa, sizga axlatdek muomala qilishadi
Taniqli UFC jangchisi Arman Tsarukyan "American Airlines" reysidan chetlatilganidan so‘ng uni eng ko‘p nima xafa qilganini aytdi.
"Pulingiz bo‘lsa va biznes-klassda uchsangiz, sizga qiroldek munosabatda bo‘lishadi. Lekin pulingiz bo‘lmasa yoki kamroq bo‘lsa va ekonom-klassda uchsangiz, sizga axlatdek muomala qilishadi. Bu hayotdagi eng yomon narsa. Men bundan nafratlanaman. Menimcha, kimligi, qanday mashinada yurishi yoki qaerda ishlashidan qat’i nazar, hammaга teng munosabatda bo‘lish kerak", – dedi Arman "The Ariel Helwani" dasturiga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Arman Tsarukyan professional MMAda hozirga qadar 23 ta g‘alaba (15 tasi muddatdan avval) 3 ta mag‘lubiyat qayd etgan.
Fikrlar