Puyol: “El-klassiko”dagi g‘alaba “Real”dan ko‘ra “Barselona”ga ko‘proq kerak
“Barselona” klubi sobiq himoyachisi Karles Puyol ertaga bo‘lib o‘tadigan “Real”ga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Uning aytishicha, ertanggi o‘yindagi g‘alaba “ko‘k-anor ranglilar” uchun juda muhim.
“Bugungi uchrashuvdagi g‘alaba “Barselona”ga ko‘proq kerak. Albatta, 9 ochkolik farq hali hech narsani hal qilmaydi, biroq, keyinchalik bu farqni yo‘qqa chiqarish juda ham qiyin bo‘ldadi”, - deydi Puyol Sport.es nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” hamda “Real” jamoalari o‘rtasidagi bahs ertaga Toshkent vaqti bilan soat 20:15da boshlanadi.



Fikrlar