
Puyol jahondagi eng yaxshi himoyachi kim ekanligini aytdi
"Pike jahondagi eng yaxshi himoyachi sanaladi. Hattoki u mendan kuchliroq. Jerar "Barselona"da etakchi futbolchilardan biri sanaladi. U fenomenal va juda ham yaxshi do‘st", - deb Puyolning so‘zlarini keltirib o‘tdi Marca nashri.
Ma’lumot uchun, 32 yoshli Pike "Barselona" akademiyasi tarbiyalanuchisi sanaladi va 2004 yilda 5,25 mln evro evaziga "Manchester Yunayted"ga ko‘chib o‘tadi. 2008 esa Katalniyaga qaytadi. U joriy yilgi mavsumda La Ligada 28 ta bahsda maydonga tushdi va 4 ta gol kiritib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar