Anchelotti penal'tini nega Bruno Gimaraynsh tepganini aytdi

  • 06.07.2026 04:04
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi Davide Anchelotti "Jahon chempionati-2026"ning 1/8 finalida Norvegiyaga qarshi o‘yinda (1:2) penalti nega yarim himoyachi Bruno Gimaraýnsh ijro etganini tushuntirdi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida Braziliya penalti ishlab oldi. Ammo Gimaraýnsh norveg darvozaboni Oryan Nyulandni mag‘lub eta olmadi — kiper zarbani qaytarib, darvozasini saqlab qoldi. Bu epizod keyinchalik uchrashuv taqdiriga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi va o‘yin Norvegiyaning sensatsion g‘alabasi bilan yakunlandi.

Davide Anchelotti penalti kim ijro etishi masalasi oldindan hal qilinganini ma’lum qildi.

"Bu qaror o‘yindan oldinoq qabul qilingan edi. Bruno — juda tajribali futbolchi, biz uning bu mas’uliyatni hotirjam qabul qilib, uddalashiga ishongan edik", — dedi Karlo Anchelottining yordamchisi TV Globo efirida.

Qayd etish kerakki, 35 yoshli Oryan Nyuland, ushbu bahs qahramonlaridan biriga aylanganiga qaramay, hozircha klubsiz qolmoqda. U iyun oyida shartnomasi muddati tugaganidan so‘ng Ispaniyaning "Sevilya" jamoasini tark etdi va hozircha yangi jamoa bilan shartnoma imzolamagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!