
Pyanich "Barselona" uchun Kataloniyada emas, Turinda tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda
"Yuventus" yarim himoyachisi Miralem Pyanich "Barselona" o‘tish ishlarini yakunlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda.
Bosniyalik futbolchi koronavirus pandemiyasi sabab Kataloniyaga o‘tish qiyin bo‘lgani uchun Turin klubi bazasida tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda, deya xabar bermoqda Tutto Juve nashri.
Eslatib o‘tamiz, ispan klubi Pyanich transferi uchun 60 million evro to‘lashi ma’lum bo‘lgan edi
Oldinroq, ushbu transferning ikkinchi qismi Artur Turinga "Yuve"da tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun etib kelganini xabar qilgan edik.
Fikrlar