
Pyonchxan-2018. Misha Ge olimpiadadagi chiqishlarini yakunladi
Avval xabar berganimizdek bugun hamyurtimiz Misha Ge Pyonchxanda bo‘lib o‘tayotgan qishki olimpiada bahslarining Figurali uchish turida o‘zining erkin dasturi bo‘yicha chiqishini namoyish qildi.
Unga ko‘ra hakamlar o‘zbekistonlik sportchining harakatlariga 161,04 ball qo‘yishdi. Ge erkin dasturda 17-o‘rinni band qildi.
Sportchimizning bundan avval qisqa dasturda to‘plagan ballari bilan qo‘shib hisoblaganda umumiy 244,94 ballni tashkil etdi va Ge bunda ham 17-o‘rinni band qildi.
Bu borada yaponiyalik Yudzuru Xanyu umumiy hisobda 317,85 ball bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, kumush medal ham uning hamyurti Shoma Unoga (306,90) nasib etdi. Bronza medali esa ispaniyalik Xaver Fernandes (305,24) sazovor bo‘ldi.
Fikrlar