Kutilgan g‘alaba va Bahodir Jalolov finalda!

  • 10 mart, 2020, 23:23
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

+91 kg vazn toifasidagi bokschimiz Bahodir Jalolov ham Iordaniyada davom etayotgan litsenzion turnirning yarim finalida o‘z jangini o‘tkazdi. Unga bu bosqichda hindistonlik Satish Kumar raqiblik qildi. Hamyurtimiz chorak finalda bahraynlik Danis Latipovni mag‘lub etib, litsenziyani qo‘lga kiritib ulgurgan edi.

Jangning birinchi raundi kutilganidek Bahodirning ustunligida o‘tdi va bu hisobda ham o‘z aksini topdi. Ikkinchi raund ham dastlabkisining stsenariysi ostida kechdi. Raqib masofani qisqartirishga harakat qildi. Hamyurtimiz esa uni aniq zarbalar bilan tutib olaverdi.

Yakuniy raundda ham Jalolov yaqqol ustunlik qildi va yakunda u raqibi ustidan 5:0 hisobida zafar quchgan holda, finalga yo‘l oldi. 
Ikkinchi yarim finalda qozog‘istonlik Qamshibek Ko‘nkaboev jarohat tufayli jang o‘tkazishdan bosh tortganligi uchun finalga avstraliyalik Justis Xuni yo‘l oldi. Endi turnir chempionligi yo‘lida hamyurtimiz ushbu yashil qit’a vakili bilan jang olib boradi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Бахтиер Бобоев
11/03/2020 07:06
Узбек углонлари дунени титратади. Олга Узбекистан бизлар сан билан