
Qani, Omin! Germaniyaga irodali g‘alaba ham yordam bermadi
JCh-2022 guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan Kosta-Rika - Germaniya bahsi yakunlandi. Mazkur bellashuvda nemislar 4:2 hisobida raqibdan ustun keldi.
Nemislar tarkibida Xaverts dubl muallifiga aylandi. Shuningdek, Gnabri hamda Fyullkrug bir marotabadan raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Shimoliy amerikaliklar tarkibida esa Texeda hamda Vargas o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, Flik shogirdlari 4 ochko bilan guruhda uchinchi o‘rinni band etdi va pley-off yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi. 3 ochko to‘plagan Kosta-Rika "E" guruhida so‘nggi pog‘onani band etdi.
Fikrlar