Qarshidagi "Markaziy" stadion yoritish tizimi 2 000 lyuksga etkazildi

  • 2 oktabr, 2023, 11:18
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun, 2-oktyabr kuni Qarshi shahriga Chempionlar ligasi bellashuvlari qaytadi. "Nasaf" o‘z maydonida Qatarning "As-Sadd" jamoasini qabul qiladi. Shuningdek, 12-noyabr kuni "Markaziy" O‘zbekiston kubogining final uchrashuviga mezbonlik qiladi.

Tecno

Mazkur musobaqalarga tayyorgarlik doirasida "Markaziy" stadion projektorlarini yaxshilash ishlari olib borildi. Yakuniga etgan hafta projektor lyukslarini talab etilgan ko‘rsatkichga etkazish yo‘lidagi so‘nggi ishlar amalga oshirildi va Liga mutaxassislari o‘rganishlar natijasida o‘z xulosasini taqdim etdi. Endilikda Markaziy stadionida projektorlar 2 000 lyuks yorug‘lik taqdim etishni boshladi.

Ma’lumot uchun, 6-oktyabr kuni Liga ishchi-guruhi O‘zbekiston kubogining final uchrashuviga tayyorgarlik doirasida Qarshida bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!