
Qarshidagi O‘zbekiston Kubogi finalida ishlagan hakam faoliyatini yakunladi
Xabaringiz bor, joriy mavsumda bir qancha taniqli va tajribali futbol hakamlarimiz — Vadim Agishev, Damir Iskenderov, Jalgasbay Sarsenov hamda Bektursin Kannazarov hakamlikdagi faoliyatlarini tugatishgan edi. Kechagi O‘zbekiston Kubogi final bahsida bu mavsum faoliyatini yakunlagan tajribali hakamlarimiz soni 5 taga etdi.
20 yildan ziyod vaqt davomida hakamlik sohasida faoliyat ko‘rsatgan, bosh hakam yordamchisi sifatida qator mavsumlar o‘tkazgan Olim Abduvasilov hakamlikdagi karerasini yakunlashga qaror qildi va kecha ko‘zda yosh bilan maydonni tark etdi. Final so‘ngida o‘tkazilgan taqdirlash marosimida unga alohida ehtirom ko‘rsatilib, milliy zarchopon hamda maxsus esdalik sovg‘asi topshirildi.
O‘zbekiston futbol hakamlari markazi Olim Abduvasilovga futbol hakamligidagi xizmatlari uchun tashakkur aytgan holda, uning kelgusidagi ishlariga rivoj tilab qoladi.
O‘zFHM matbuot xizmati.
Fikrlar
Okmk futbolchilari oxirida hakamga hujum qilgani chatoq buldi hammasini jazolash kerak