Qatar JCh-2022 mezbonligini qo‘lga kiritish uchun FIFAga qancha pora bergani ma’lum bo‘ldi

  • 10.03.2019 20:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatar davlati JCh-2022 mezbonligini qo‘lga kiritish uchun naqd FIFAga 780 million evro taklif qilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Sunday Times nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra ushbu va’da qilingan mablag‘ning to‘lanish tartibi ikki qismga bo‘lingan: tashkilot ushbu pullarning yarmini saylovgacha qo‘lga kiritgan, ikkinchi yarmini esa oradan 3 yil o‘tib olishi belgilangan. Biroq, FIFA hozircha ushbu ayblovlarga izoh berishdan bosh tortmoqda.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2022 o‘yinlari Qatarda 21 noyabrdan 18 dekabrgacha bo‘lib o‘tadi. Biroq, agar FIFA ishtirokchilar sonini 32tadan 46taga oshiradigan bo‘lsa, u holda Qatar mundialning yagona mezboni bo‘lmaydi. Bu boradagi yakuniy qaror 25 mart kuni e’lon qilinishi aytilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!