
Qattiq jarohat olgan "Paxtakor"ning tajribali futbolchisi 8 oydan so‘ng maydonga qaytdi (Foto)
"Paxtakor" yarim himoyachisi Sadriddin Abdullaev yana jamoa safida maydonga tushdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Oxirgi marta o‘tgan yili 19 oktyabr kuni "Dinamo"ga qarshi Samarqandda o‘tkazilgan bellashuvda jarohat sababli safdan chiqqan Sadriddin 8 oydan ortiq vaqt mobaynida maydonga tusha olmadi.
Tiklanish jarayonini olib borgan Abdullaev nihoyat "Mash’al" bilan Toshkentdagi uchrashuvning so‘nggi 10 daqiqasida doimgidek faol harakatlari bilan yodda qoldi.
Oldinroq esa, Akram Komilov va Javohir Sidiqov ham uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng maydonga qaytgandi.
Fikrlar