"Qayrat" EChLdagi ishtiroki uchun qancha daromad topdi?
"Qayrat" rahbari Qayrat Boranbaev klubning Chempionlar ligasidagi ishtiroki bo‘yicha moliyaviy natijalarni oshkor qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, evrokubok kampaniyasi Olmaota klubi uchun nafaqat sport nuqtai nazaridan tarixiy, balki moliyaviy jihatdan ham juda foydali bo‘ldi.
"Agar Chempionlar ligasining butun tsikli bo‘yicha gapiradigan bo‘lsak, umumiy daromad taxminan 35 million yevroga teng bo‘ladi. Bunga UEFAdan to‘lovlar, homiylik shartnomalari va chiptalar sotuvidan tushgan mablag‘lar kiradi.
Milliy valyutaga hisoblaganda, taxminan 21 milliard tenge haqida gap ketmoqda. Bu Qozog‘iston klub futboli tarixidagi eng yirik moliyaviy ko‘rsatkichlardan biridir", — dedi Boranbaev.
Ma’lumot uchun, jamoa Yevropa qit’asining eng nufuzli musobaqasidagi o‘z yurishini guruh bosqichida to‘xtatdi.
Fikrlar