
Qaysi jamoalar muddatidan oldin “Evro-2024”ga chiqdi!
2024 yilning 14 iyun - 14 iyul kunlari Germaniya futbol bo‘yicha Evropa chempionatiga mezbonlik qiladi.
Hozirdan “Evro-2024” final bosqichida qatnashadigan jamoalar nomi aniq bo‘lib bormoqda. Qoidaga ko‘ra, o‘nta guruhdan ikkitadan jamoa final bosqichiga yo‘l oladi. Ular qatoriga Millatlar ligasidan uchta mamlakat terma jamoasi va mezbon – Germaniya qo‘shiladi.
Bugungi kunga kelib, mezbonlardan tashqari yana bir necha terma jamoa Evropa chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Saralash turnirida qatnashayotgan terma jamoalardan birinchi bo‘lib, Frantsiya, Portugaliya va Belgiya muddatidan oldin yo‘llanmagan ega bo‘lgan edi.
Endi omadli terma jamoalar qatoriga Ispaniya, Shotlandiya va Turkiya futbolchilari qo‘shildi. Saralash bosqichi davom etadi.
Fikrlar