Qilichbozlarimizdan yana bir xushxabar!

  • 2 fevral, 21:13
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 2
  • Boshqalar
BEPUL PROPAN

Tbilisi mezbonlik qilgan qizlar o‘rtasidagi sablya bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi hamyurtlarimizning oltin dubli bilan yakunlandi. 

Gulistan Perdibaeva, Ayako‘z Jumamuratova, Nargiza Jaksibaeva hamda Samira Shokirovadan iborat jamoamiz chorak finalda Germaniya, yarim finalda Italiya va finalda Vengriyani mag‘lub etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, yakkalik bahslarida Samira Shokirova shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Кадыров Фердаус
03/02/2025 13:17
Гап йук! Офарин кизлар. Яхши авлод усиб келяпти.
&
Olim
02/02/2025 22:20
Yashavor.