Qimmatbaho hujumchi jamoasida qoladigan bo‘ldi

  • 30.07.2026 08:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premier-ligasining eng badavlat klublaridan hisoblangan “Nyukasl” germaniyalik hujumchi Nik Voltemade bilan bu yoz xayrlashishni rejalashtirmayapti.

Forvardning o‘zi ham jamoasini o‘zgartirish niyatida emas.

Voltemade bir yil avval “Shtutgart”dan 69 million funt evaziga kelgan va Aleksander Isakning o‘rnini bosgan edi. Keyinchalik u yarim himoyada ham o‘ynashiga to‘g‘ri kelgan.

Nik o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini unchalik ishonchli o‘tkazmagani sababli uning ketishi haqida turli mish-mishlar paydo bo‘ldi.

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda “Nyukasl” yangi mavsumda hujumda Uilyam Osula va Yoan Vissani asosiy tanlov sifatida ko‘rayotgani, Voltemadega esa ijaraga ketishga ruxsat berilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Biroq Sky Sport Germany nashri futbolchining agenti Danni Baxmanga tayanib, bu ma’lumotlarni rad etdi.

Aslida “Nyukasl” sport direktori Ross Uilson Voltemadeni qo‘yib yuborish niyatida emas va uning muxlisi hisoblanadi. Futbolchining o‘zi ham klubni tark etishni istamayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!