Qimmatbaho yulduz Manchesterni tark etadigan bo‘ldi
“Manchester Yunayted”ning urugvaylik legioneri Manuel Ugarte jamoasini o‘zgartirish bo‘yicha bosh qotirmoqda. Klub bu o‘yinchini 2024 yilning yozida “Pari Sen-Jermen”dan 50 million evroga transfer qilgan edi.
Manuel Ugarte asosiy tarkibga kirish uchun raqobatda braziliyalik futbolchi Kazemiroga yutqazib qo‘ydi. Bosh murabbiy Ruben Amorim joriy mavsumda yoshi o‘tib qolgan bo‘lsa-da, Kazemiroga ishonch bildiryapti.
Transfer News Live nashrining yozishicha, Ugartega Turkiyaning amaldagi chempioni “Galatasaroy” ish berishga tayyor ekan. Turklar 24 yoshli yarim himoyachini qishki transferlar oynasi ochilishi bilan taklif qilishni rejalashtiryapti.
Manuel Ugarte Urugvayning “Feniks” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2021 yili Evropaga ko‘chib o‘tgan yarim himoyachi “Manchester Yunayted”ga kelgunga qadar Portugaliyaning “Famalikan” va “Sporting”, Frantsiyaning PSJ klublarida to‘p tepgan.

Fikrlar