"Qizilqum" - "Andijon" o‘yinida nimalar ro‘y berdi?

  • 3 noyabr, 2023, 01:14
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 7
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Futbolda g‘alaba bilan mag‘lubiyat hamisha yonma-yon. Afsuski, bu safar "Burgutlar" yoqimsiz mag‘lubiyatni tan olishga majbur bo‘ldi. Uchrashuvdan avval esa o‘yinga doir turli voqealar yuz bergani ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.

Gap shundaki, o‘tgan turda qizil kartochka tufayli maydondan chetlatilgan va mazkur tur uchun diskvalifikatsiya qilingan “Qizilqum”ning gruziyalik legioner Akaki Shulayyaga “Andijon”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishga ruxsat berildi. Avvaliga u diskvalifikatsiyaga uchraganlar qatorida e’lon qilingandi. Ammo uchrashuv boshlaniishga bir necha soat qolganida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, “Olimpik” — “Qizilqum” uchrashuvi bosh hakami tomonidan Akaki Shulayyaga mazkur uchrashuvda ko‘rsatilgan barcha kartochkalar O‘FA Intizom kodeksining 5.61-bandiga asosan O‘zbekiston futbol hakamlari markazi Ekspert hakamlar komissiyasi bilan kelishilgan holda bekor qilinganligi haqida xabar chiqdi.

qiz and3

Shuningdek, o‘yinga belgilangan VAR hakamlari etib kelishgan-u, lekin undan foydalanilmadi. O‘zbekiston futbol hakamlar markazi ham o‘yin boshlanishiga atigi bir necha soat qolganida rasmiy xabar chiqardi. Unda shunday deyilgan:

“O‘zbekiston Superligasi 24-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” – “Andijon” uchrashuvi VARsiz o‘tadi. Hozirda futbolni yoritishda ishlatiladigan texnik vositalar boshqa tadbirlarga jalb qilinganligi sababli Superliganing 24-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” – “Andijon” uchrashuvi jonli efirda namoyish etilmaydi. Shu bois ushbu bahsni video assistentlarsiz o‘tkazishga majburmiz”.

O‘zPFL ham yuqoridagilar kabi bahs boshlanishi avval quyidagi xabarni chiqardi: “Texnik vositalar boshqa tadbirlarga jalb qilinganligi sababli Coca-Cola Superliga 24-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” — “Andijon” uchrashuvi “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etilmaydi.

Mazkur bellashuvni FIFA+ platformasi orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin”.

Xullas, shunaqa gaplar! O‘yin jonli efirda namoyish etilmadi. VAR yo‘q. Bosh hakam esa 12-daqiqada “Qizilqum” foydasiga penalti belgiladi va hammasi shundan boshlandi. 11 metrli jarima zarbasini belgilash uchun hakam asos bor deb hisobladi, lekin...Endi foydasi yo‘q!

qiz and4

O‘sha o‘tgan turda qizil kartochka olib, bu turda maydonga tushgan gruziyalik legioner penaltidan hisobni ochdi. Bo‘lim o‘rtalarida mezbonlar ikkinchi golni ham urdilar. Aksiga olib “Andijon” futbolchilarining o‘yin davomida o‘ylagan rejalari amalga oshmadi. Ikkinchi bo‘limda esa uchinchi gol rekoshet orqali kiritildi. Rosti, hech kim 3:0 hisobini kutmagandi. Andijondan Navoiyga yo‘l bosib, jamoasini qo‘llab-quvvatlagan ishqibozlarga esa alohida e’tirofga munosib.

Albatta, “Burgutlar”ning o‘yini qovushmaganini ham ta’kidlash joiz. Lekin futbolda bunday holatlar ham uchrab turadi. Muhimi, xatolardan to‘g‘ri xulosalar chiqarilishidir.  

“Qizilqum” – “Andijon” – 3:0 (2:0).

2 noyabr. Navoiy. “Yoshlar” sport majmuasi. 2061 tomoshabin.

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Elnur Doniyorov, Artyom Kalinin.

Nazoratchi: Andrey Klepikov

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

“Qizilqum”: Javohir Ilyosov, Samandar Shukurullaev, Ilhom Vahobov, Davron Anvarov, Nikolay Tarasov (Aziz Usmonov, 46), Jo‘rabek Mannonov, Diyor Rahmatulloev (Islom Toshpo‘latov, 90+1), Giorgi Kuxianidze (Sherali Jo‘raev, 85), Akaki Shulayya, Muhammadali G‘iyosov (Xumoyun Abdualimov, 90+1), Ifeani Ifeani.

“Andijon”: Igor Litovka, Islom Mamatkazin (Ildar Mamatkazin, 79), Vladimir Bubanya (Dilshod Komilov, 55), Abduvohid G‘ulomov, Ilhom Alijonov, Levan Arveladze (Suhrob Berdiev, 55), Muhammadkarim Toirov, Sardor Azimov, Ilhom Abdug‘aniev (Shahboz Erkinov, 55), Armin Boshnyak, Rubin Xebay (Bobur Farhodov, 77).  

Gollar: Akaki Shulayya, 12-pen. – 1:0. Muhammadali G‘iyosov, 33 – 2:0. Muhammadali G‘iyosov, 70 – 3:0.

Ogohlantirishlar: Vladimir Bubanya, 49. Anatoliy Kurlaev, 79.

“Andijon” matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
бек тв
03/11/2023 06:52
Режисер ким ровшан эрматзодами? Или диер яримтами 0,5 хуллас кизилкумни олиб колишни эплашади и срази ставкаданам сокка килиш мумкин босингизлар гап йук
Жабборов Ахмаджон
03/11/2023 10:07
Узпфлга узоқ ва давомли қарсаклар. Бизни давримизда. Продолжителни оплодисменти дейиларди. Узпфл бу карам шўрвасини йиғиштирадиган даври келди. Бндай ўйинлар ва қарорлар билан узоқа бориб бўлмайди. Қисқаси пишдик.
Узимдааа Мендааа
03/11/2023 07:10
Куриниб турибдики футбол эмас спектакл сахналаштирилибди Нима хам деймиз давомли булаверсин ?
Абдухаликов Мухаммад
04/11/2023 10:33
Сурхон бугун бир кунда 2 та уйин утказадими
&
Xabibillo
03/11/2023 23:29
Федерация копил килдинглар Андижонликлар сенлар учун одам уйинчок.

&
салахидин
03/11/2023 21:20
Навбатдаги келишилган уйин
&
ал хилол
03/11/2023 13:54
Канча беришди, мумкин булса.