"Qizilqum" "Buxoro"ga qarshi o‘yin oldidan kichik ustunlikka ega

  • 11 mart, 2023, 22:42
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Qizilqum" jamoasi Superliganing 2-tur o‘yinini Navoiyda "Buxoro" jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 12 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Ushbu jamoalar milliy chempionatlarda o‘zaro 40 uchrashuvda maydonga tushishgan. Ularning 17 tasida navoiyliklarning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, yana 16 ta o‘yinda "Buxoro" jamoasining ustunligi qayd etilgan. Qolgan 7 uchrashuvda jamoalar murosa ko‘chasini tanlagan. To‘plar nisbati esa 54—46. "Qizilqum" jamoasi foydasiga.

"Qizilqum" jamoasining o‘zaro uchrashuvlar tarixidagi eng yirik g‘alabasi 2002 yilda qo‘lga kiritilgan bo‘lib, o‘shanda "konchilar" raqibni 5:0 hisobida mag‘lub etishgan.

"Qizilqum" va "Buxoro" jamoalarining so‘nggi 5 uchrashuv natijalari:

"Buxoro" 1:1 "Qizilqum"

"Qizilqum" 1:0 "Buxoro"

"Qizilqum" 1:1 "Buxoro"

"Buxoro" 1:1 "Qizilqum"

"Qizilqum" 0:1 "Buxoro"

“Qizilqum” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!