
"Qizilqum" jiddiy o‘zgarishlar: bosh murabbiy va legioner ketdi
Bugun "Qizilqum" jamoasida jiddiy o‘zgarishlar kuzatildi. Jumladan, mavsum boshidan beri bosh murabbiy lavozimida ishlab kelgan Nikola Lazarevich iste’foga chiqarildi. Shuningdek, gruzyalik futbolchi Elguja Lobjanidze bilan ham shartnoma bekor qilindi.
Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi: "Mavsum boshidan buyon jamoamizni boshqarib kelayotgan serbiyalik mutaxassis Nikola Lazarevich iste’foga chiqarildi. Murabbiy bilan tuzilgan shartnoma o‘zaro kelishuvga muvofiq bekor qilindi.
Klub rahbariyatining qaroriga ko‘ra, “Qizilqum” o‘rinbosarlar jamoasini boshqarib kelgan Akmal Rustamov asosiy jamoaga vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlandi".
Mavsum boshida jamoa bilan shartnomasini uzaytirgan gruziyalik hujumchi Elguja Lobjanidze oilaviy muammolari sababli “Qizilqum”ni tark etdi. Klub rahbariyati futbolchi bilan do‘stona xayrlashdi va uning keyingi faoliyatiga omad tilab qoladi", - deyiladi, rasmiy xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Elguja Lobjanidze ushbu mavsumda 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqib darvozasini 3 marotaba ishg‘ol qilgan.
Fikrlar