"Qizilqum" mavsumni qaysi pog‘onada yakunlashini bilasizmi?
Superliga yana ikkita turdan keyin nihoyasiga etadi. “Paxtakor”dan tashqari qolgan barcha jamoalar mavsumni qaysi o‘rinda yakunlashlarini hali bilmaydilar. Chunki bu boradagi kurash qizg‘in davom etyapti.
Turnir jadvaliga qarasak, ligada qolish uchun kurashayotgan klublarning ajralib qolganiga guvoh bo‘lish mumkin. Beshta klub – “Turon”, “Andijon”, “Metallurg”, “Mash’al” va “Surxon” jamoalari har qancha urinishmasin 10-pog‘onadan yuqoriga ko‘tarila olmaydilar. Ulardan ikkitasi Superligadan tushib ketadi.
10-o‘rinni egallab turgan “Surxon”da 21 ochko bor va bitta zaxira o‘yini ham turibdi. Demak, oldinda turgan ikkita turni qo‘shsak, termizliklarni yana uchta o‘yini bor. Uchalasini yutgan taqdirda ham 9-o‘rinda borayotgan “Qizilqum”ga eta olmaydi. Sababi, navoiyliklarda 31 ochko bor. “Surxon” uchala o‘yinni yutsa 30 ochko bo‘ladi. Demak, shuni aytish mumkinki, “Qizilqum” joriy mavsumda eng kamida 9-pog‘onadan pastga tushmaydi. Ikkita o‘yinda qanchalik yuqoriga ko‘tarilishi bu "Qizilqum"ning o‘ziga bog‘liq.



Fikrlar