"Qizilqum" murabbiyi: "Neftchi"ni Superligada kutyapmiz"

  • 30 aprel, 2021, 22:11
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Farg‘onada O‘zbekiston Kubogi doirasida “Neftchi” hamda “Qizilqum” jamoalari ishtirokidagi uchinchi tur bellashuvi bo‘lib o‘tdi va unda darvozalar daxlsiz qoldi.

Tecno

Farg‘onadagi uchrashuvga “Qizilqum” jamoasi bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov kelgani yo‘q. Uning yordamchisi Obid Xudoyorov mazkur uchrashuvda jamoaga boshchilik qildi.

O‘yindan keyingi matbuot anjumanida ham Xudoyorov o‘z fikrlarini bildirdi.

- O‘yinni ko‘rdinglar, teng kurashlar ostida o‘tdi. To‘g‘ri, murabbiylar unday yoki bunday deyishadi. Ammo menga yoqqani shuki, bugun ochiq futbol bo‘ldi. Garchi gol urilmagan bo‘lsa ham o‘yin shiddatli kechdi.

- Bugun tarkibda bir qator rotatsiyaga qo‘l urildi. Bunga qanday izoh berasiz?

- O‘yin amaliyoti kam bo‘layotgan futbolchilarni maydonga tushirishga harakat qildik. O‘rinbosarlar tarkibimizdagi yigitlar ham o‘ynashdi va barchasi o‘zini oqladi. Ya’ni, ular ham o‘z kuchlarini sinab ko‘rishdi. Bu ular uchun baxt. O‘zimiz ham ilk bor mana shunday holatdan o‘tganmiz. Birinchi marta maydonda debyut qilganimizda hayajonlanganmiz. Bugun futbolchilarimiz qo‘llaridan kelganicha o‘ynab berishdi. Bizda birinchi yoki ikkinchi tarkib yo‘q. Menimcha, tarkibga kiryaptimi, o‘zlarini ko‘rsatishga haqli.

- “Qizilqum”ning guruhida asosan pro-liga jamoalari joy olishdi. Xususan, “Neftchi”ning o‘yiniga izoh bersangiz...

- “Neftchi”da Superligaga yaqin jamoa yig‘ilgan. Klub Superliga klublari bilan tengma-teng o‘ynaydi. “Neftchi”ni elitada kutyapmiz. O‘ylashimcha, bu jamoa Superligaga chiqadi. Tarkib va o‘yin bo‘yicha ham yaxshi. Televizor orqali ham “Neftchi”ning o‘yinlarini kuzatyapmiz. Tarkibidagi aksariyat futbolchilari Superligada to‘p surishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!