
"Qizilqum" o‘rtoqlik uchrashuvida "Dinamo"dan ustun keldi
Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalangan «Dinamo» va «Qizilqum» jamoalari Navoiyda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishdi.
O‘yinning birinchi bo‘limida kuchlar teng kelgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda har ikki jamoa murabbiylari bir qator futbolchilarga imkoniyat berishdi. Yakunda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
O‘rtoqlik o‘yini. 11 iyun
«Qizilqum» - «Dinamo» - 2:0 (0:0)
«Qizilqum»: Javohir Ilyosov (Ignatiy Nesterov, 46), Fayzullo Qambarov, Islom To‘xtaxo‘jaev, Sherali Jo‘raev (Jasur Azimov, 46), Sanjar Shoahmedov, Erkin Boydullaev, Aleksandar Stanislavlevich (Salim Mustafoev, 46), Azizbek Usmonov, Pol Komolafe, Temurxo‘ja Abduxoliqov.
«Dinamo»: Miloe Prekovich, Jo‘rabek Mannonov, Evgeniy Chumak, Ibrohim Yo‘ldoshev, Saydullo Rahmatov, Jasurbek Umarov, Abdujamol Isroilov, Temur Ismoilov, Shohmalik Komilov, Oybek Nurmatov, Sahob Rashidov.
Gollar: Ibrohim Yo‘ldoshev, 50 avtogol, Salim Mustafoev, 86.
«Dinamo» matbuot xizmati.
Fikrlar