"Qizilqum" Qirg‘iziston klubini engdi
Yangi mavsumda yuksak marralarni ko‘zlayotgan “Qizilqum” bugun Turkiyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasidagi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.
“Qizilqum”ga bu safar qo‘shni Qirg‘izistonning “Abdish-Ata” klubi raqiblik qildi. Aleksandar Stanislavlevich tomonidan 32-daqiqada kiritilgan yagona gol navoiyliklarga g‘alaba keltirdi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
"Side football Center" - stadioni
«Qizilqum» (O‘zbekiston) 1:0 «Abdish-Ata» (Qizg‘iziston)
Gol: Aleksandar Stanislavlevich 32' (1:0).
Fikrlar