"Qizilqum" ustozi jamoasining 3:0 hisobidagi g‘alabasiga qanday munosabat bildirdi?

  • 01.04.2022 23:25
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qizilqum” klubi “Neftchi”ga qarshi o‘yinda 3:0 hisobida zafar quchdi. Bellashuvdan so‘ng, “Qizilqum” ustozi Nikola Lazarevich Sports.uz uchun quyidagilarni aytdi:

Tecno

“Biz bugun o‘yinning og‘ir bo‘lishini kutgandik. “Neftchi” jismoniy jihatdan yaxshi tayyorgarlikka ega jamoa hisoblanadi. Shu bois bizdan tartibli o‘yin namoyish etishimiz talab etilardi.

Aytishim kerakki, “Neftchi” bugungi bahs uchun o‘z o‘yin uslubini o‘zgartirdi. Biz bugungi uchrashuvda raqibning imkoniyatlarini yopishga harakat qildik. Bilishimcha, “Neftchi” jiddiy jamoa va biz shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rdik. Keyingi o‘yinlarda bu klubga omad tilayman”.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!