"Qizilqum"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng "Qo‘qon-1912" jamoasida o‘zgarishlar bo‘ladi

  • 2 oktabr, 2020, 23:47
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca Cola Superligasi 18-tur doirasidagi "Qizilqum" - "Qo‘qon-1912" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

- Gapning ochig‘i, o‘yindan keyin aniq fikr bildirish qiyin. Futbolchilar borlarini berib o‘ynadi. Afsuski, futbol beshavqat o‘yin. 15 daqiqada ikkita gol o‘tkazib yubordik va mag‘lubiyatga uchradik. “Qizilqum”ga omad kulib boqdi. G‘alaba bilan navoiyliklarni tabriklayman. Shogirdlarim mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsak-da, borlarini berib o‘ynaganliklari uchun e’tiroz bildira olmayman. Mayda xatolar qimmatga tushdi. Oxirgi o‘yinlarda standart vaziyatlardan gol o‘tkazib yuboryapmiz. “Buxoro” bilan bahsda ham shunday bo‘lgandi. Balki biroz ximoyalanish uslubimizni o‘zgartirishimiz kerakdir. Birga-bir emas, zonali himoyaga o‘tishimiz lozimdir.

Hisob 1:1 bo‘lib turgan vaziyatda bizda yaxshi imkoniyat bo‘ldi. Sardor Azimov qulay vaziyatdan foydalana olmadi. Omad yuz ugirdi. “Qizilqum” esa keyingi xujumdan samarali foydalanib, zafar quchdi. O‘yinning oxirida uch himoyachi bilan o‘ynadik va katta kuch bilan hujumga o‘tgandik. Tavakkal qilgandik. Biroq bu o‘zgarishlar samara keltirmadi. Biz juda ham og‘ir mag‘lubiyatga uchradik. Negaki, hozir biz shunaqangi vaziyatda edikki, yoki yuqori o‘rinlardan biriga chiqishimiz yoki joyimizda qolishimiz mumkin edi. Yo‘qotilgan uch ochko imkoniyatlarimizni pasaytirib yubordi. Yuqori o‘rinlarni ko‘zlasak, bunday bahslarda g‘alaba qozonishimiz shart. To‘g‘ri, hali oldinda o‘yinlar bor. Lekin juda qimmatli ochkolarni bugun boy berdik.

Yakuba Bamba uchrashuvga yomon kirishib ketmadi. O‘yinni kuchaytirdi. Rayevats borasida shuni aytishim mumkinki, mehmonda to‘p tepganimiz tufayli bitta hujumchi Norbekov bilan o‘yinni boshladik. Norbekov legioner hujumchimiz Rayevatsdan ko‘ra tezkor va shuning uchun uni asosiy tarkibda maydonga tushirdik, - dedi qo‘qonliklar bosh murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!