
"Qizilqum"ning uy uchrashuvlariga qancha muxlis kirganini bilasizmi?
Xabaringiz bor, "Qizilqum" jamoasi yakuniga etgan mavsumda 10-turga qadar uy uchrashuvlarini Olmaliqdagi "OKMK" stadionida o‘tkazdi. 11-turdan boshlab navoiyliklar o‘z suyuklilari qarshisiga, ya’ni Navoiydagi "Yoshlar" sport majmuasiga qaytdi.
Shunga qaramasdan o‘z suyuklilarini Olmaliqda ham, Navoiyda ham qo‘llab-quvvatlagan klub muxlislari soni ushbu mavsumda anchagina ortdi. Ushbu mavsum davomida "Qizilqum"ning uy uchrashuvlariga jami 34 966 nafar tomoshabin tashrif buyurdi.
Fikrlar