“Qo‘qon-1912” – “Metallurg” uchrashuvining chiptalari ertadan sotuvga chiqariladi
"Qo‘qon-1912" Superliganing 4-tur uchrashuvini Yaypandagi "O‘zbekiston" stadionida Bekobodning "Metallurg" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Bu ikki jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlar so‘nggi yillarda juda ham qiziqarli va shiddatli kurashlarga boy tarzda bo‘lib o‘tmoqda. Bu galgi o‘yinning ahamiyati ham har ikki jamoa uchun o‘ta muhim hisoblanadi. "Shunqorlar" o‘z muxlislari qarshisida g‘alaba qozonish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishi aniq.
“Qo‘qon-1912” – “Metallurg” uchrashuvi uchun chiqarilgan chiptalar ertadan "O‘zbekiston" stadioni kassalarida sotuvga chiqadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, “Qo‘qon-1912” – “Metallurg” bahsi 31 mart kuni soat 18:30da boshlanadi.



Fikrlar