"Qo‘qon-1912" futbolchilari va bosh murabbiyi barchani yangi yil bilan tabrikashdi! (FOTO)

  • 31 dekabr, 2019, 18:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Qo‘qon-1912" jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov hamda Quvondiq Ro‘ziev va Murod Xolmuhammedov kabi futbolchilari kirib kelayotgan yangi 2020 yil bilan barcha muxlislarni tabriklashdi.

Tecno

Baxtiyor Ashurmatov: "Barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan yangi 2020 yil bilan chin yurakdan tabriklayman! Yangi yilda yurtimizda tinchlik barqaror bo‘lsin, bayramlar ko‘p bo‘lsin. Xudo xohlasa yangi yilda O‘zbekiston sportchilari yuksak natijalarni ko‘rsatishsin. Ilohim Olimpiya terma jamoamiz yanvar oyida bo‘ladigan Osiyo chempionatida chiroyli o‘yin ko‘rsatib yurtimizga g‘alaba bilan, yorug‘ yuz bilan qaytishsin. "Qo‘qon-1912" jamoasida yuksak maqsadlarni ko‘zlab, ish boshladik. Xudo xohlasa Qo‘qon xalqini chiroyli o‘yinlar bilan xursand qilish bizlarga nasib qilsin. Jamoamiz bilan yangi yilda sizlarning qo‘llab-quvvatlashlaringdan umidvormiz. Barcha muxlislarimizning oilalarida har kuni xursandchilik kunlar bo‘lsin. Barcha yurtdoshlarimizni, Qo‘qon ahlini kirib kelayotgan yangi yil bilan yana bir bor tabriklayman. Muxlislarimiz baxtimizga doimo sog‘ va salomat bo‘lishsin!"

photo_2019-12-31_12-11-03

 

Quvondiq Ro‘ziev: "Assalomu alaykum! Barcha yurtdoshlarimizni, shu jumladan qo‘qonlik muxlislarimizni kirib kelayotgan yangi, 2020 yil bilan tabriklayman! Yangi yil barchangizni oilangizga xursandchilik olib kelsin. 2019 yilda erisha olmagan barcha yaxshi niyatlarga kelayotgan yilda erishish nasib qilsin. "Qo‘qon-1912" jamoasi bilan birga ko‘plab yutuqlarga erishib, muxlislarimizni xursand qilish bizga nasib qilsin.
Yangi yil barchangizga muborak bo‘lsin!!!"

photo_2019-12-31_10-33-53

 

Murod Xolmuhammedov: "Barcha o‘zbekistonlik futbol muxlislarini kirib kelayotgan yangi yil bilan chin qalbimdan tabriklayman. Qo‘qonlik muxlislarimizga esa alohida tabriklarim bor. Ularga yangi yilda eng avvalo sog‘lik tilayman . Barchalaringizni oilangizda yaxshi kunlar, xursandchiliklar ko‘p bo‘lsin. Kelayotgan yangi yil Qo‘qon futboli uchun barakali kelsin. Biz sizlarni yaxshi ko‘ramiz. Kelgusi mavsumda ko‘plab g‘alabali onlarni birga nishonlash nasib qilsin. Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!!!"

photo_2019-12-31_10-20-01

Manba: "Qo‘qon-1912" telegram rasmiy kanali

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!