
"Qo‘qon-1912" jamoasini oldinda vodiy derbisi kutyapti. Tayyorgarlik bugundan boshlanadi
Coca Cola Superligasining 2-turida “Olimpik” jamoasi ustidan g‘alaba qozongan “Qo‘qon-1912” jamoasi a’zolari, ikki kun davomida xordiq oldilar.
Jamoa murabbiylar shtabining rejalariga ko‘ra, “shunqorlar” bugundan navbatdagi tur o‘yiniga tayyorgarlikni boshlab yuborishadi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Coca Cola Superligasining 3-turida “Qo‘qon-1912”ni yanada muhim bahs kutib turibdi. Bu turda Namanganda “Navbahor” mehmoni bo‘lishadi.
“Navbahor” – “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin, 17 mart, payshanba kuni Namangandagi “markaziy” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar