"Qo‘qon-1912": Kim, nechta o‘yin o‘tkazdi?

  • 09.12.2019 12:30
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Qo‘qon-1912" klubi matbuot xizmati mavsumga oid statistik ma’lumotlarni taqdim etdi.

Mavsum-2019da “Qo‘qon-1912” jamoasi safida maydon eng ko‘p harakat qilgan futbolchi – Quvondiq Ro‘ziev bo‘ldi. 25 yoshli yarim himoyachi barcha, 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga ikkita gol yozdirib qo‘ydi. Bundan tashqari, Quvondiq 2126 daqiqa maydonda harakat qilib, ikki marta hakam tomonidan ogohlantirilgan.

Jamoa sardori Murod Xolmuhammedovning bu boradagi ko‘rsatkichi esa 24 ta o‘yinga teng. Ushbu uchrashuvlar davomida etakchi o‘yinchi raqiblar darvozasiga 8 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Yana bir futbolchi Suhrob Berdiev ham chempionat davomida 24 ta bahsda maydonga tushgan. Bu o‘yinlar davomida olti marta raqib darvozasini aniq nishonga olgan.

Quyida futbolchilarning mavsum-2019dagi ko‘rsatkichlari bilan tanishing:

photo_2019-12-09_05-01-22

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!