"Qo‘qon-1912" klubi "Bunyodkor"ga berib yuborgan legionerini qaytarmoqda
Superliganing 1-turini o‘z maydonida "Buxoro" jamoasiga qarshi o‘tkazib, yirik g‘alabani qo‘lga kiritgan "shunqorlar" tarkibni yana bir tajribali hujumchi bilan to‘ldirishga yaqin. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Bir paytlar o‘zining o‘yinlari va gollari bilan qo‘qonlik muxlislarni xursand qilgan serbiyalik hujumchi Filipp Rayevats yana Qo‘qonga qaytadigan bo‘ldi. Rayevats 4 mart kuni jamoa tarkibiga etib kelishi va shartnoma imzolashi kutilmoqda. U 2017 yilgi futbol mavsumini ham "Qo‘qon-1912" jamoasida o‘tkazgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Superligada transfer oynasi 7 martga qadar davom etadi.

Fikrlar