“Qo‘qon-1912” murabbiyi: Muxlislarga sabr tilaymiz
Hozirgina Superliganing 4-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” hamda “Buxoro” jamoalari bahsi o‘z nihoyasiga etdi. O‘yin buxoroliklarning 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar katta murabbiyi Aziz To‘xtaboev ishtirok etdi va o‘zining uchrashuv haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Buxoro” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Ochig‘ini aytsam, futbolchilarimizda o‘zlariga bo‘lgan ishonch etishmayapti. Guvohi bo‘ldingizki birinchi bo‘limda o‘yinmiz qovushmadi. Ammo, tanaffusdan so‘ng futbolchilar boshqacha kayfiyatda maydonga tushishdi va shu bois ikkinchi bo‘limda chiroyli o‘yin namoyish etdik. Bugungi o‘yinda yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. Agar yaratilgan imkoniyatlarni golga aylantira olganimizda g‘alaba qozonishimiz hm mumkin edi. Muxlislarga sabr tiliymiz. Ushbu vaziyatdan tezroq chiqib ketamiz deb umid qilamiz. Keyingi o‘yinlarda muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz”, - deydi To‘xtaboev.
“Istiqlol” stadionidan SPORTS.uz muhbiri Baxtiyorjon TOShTEMIROV yozib oldi.

Fikrlar