
"Qo‘qon-1912" o‘tgan gruziyalik legionerni o‘z safiga qo‘shib oldi
Andro Giorgadze - "Qo‘qon-1912" futbolchisiga aylandi.
"Qo‘qon-1912" jamoasi navbatdagi legioner bilan shartnoma imzoladi. Yangi mavsumda Andro Giorgadze qo‘qonliklar jamoasi sharafini himoya qiladi. Futbolchi bilan bir yillik shartnoma imzolandi.
Ma’lumot uchun, Andro Giorgadze o‘tgan mavsum "Mash’al" safida Pro ligada 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urgan. Gruziyalik markaziy himoyachi o‘tgan mavsumda himoyachilar orasida eng yaxshi to‘purar bo‘lgan.
Fikrlar