
“Qo‘qon-1912” o‘z uyida 3 yildan beri “Metallurg” klubiga yutqazmoqda
Superliga 4-tur doirasidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “Metallurg” uchrashuvi Yaypan shahrida bo‘lib o‘tadi. Qo‘qonliklar matbuot xizmati mazkur bahs oldidan bu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlarni taqdim etdi.
O‘zaro o‘yinlar
Mazkur jamoalar shu kunga qadar O‘zbekiston chempionatlarida 24 marta to‘qnash kelgan. O‘yinlarning o‘ntasida qo‘qonliklar g‘alaba qozongan. O‘n ikkita uchrashuvda bekobodliklar qo‘li baland kelgan. Ikkita bahsda g‘olib nomi aniqlanmagan. To‘plar farqi 33-36 "Metallurg" foydasiga. O‘zaro bahslarda "Qo‘qon-1912" 32 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Metallurg” hisobida esa 38 ochko mavjud.
Ikki jamoa o‘rtasida bo‘lib o‘tgan so‘nggi 10ta uchrashuv natijalari bilan tanishing:
19.09.2021 Metallurg – Qo‘qon-1912 – 0:1
15.04.2021 "Qo‘qon-1912"- "Metallurg" 0:1
16.09.2020. Qo‘qon 1912 – Metallurg – 0:2
06.03. 2020 Metallurg – Qo‘qon 1912 1:0
30.10.2019. Qo‘qon 1912 – Metallurg - 2:3
27.04. 2019 Metallurg – Qo‘qon 1912 3:1
13.07.2018. Qo‘qon 1912 – Metallurg - 2:1
16.03. 2018 Metallurg – Qo‘qon 1912 1:0
22.09.2017 Metallurg – Qo‘qon 1912 3:0
22.04.2017. Qo‘qon 1912 – Metallurg - 3:0
Superliga. 4-tur
31 mart, payshanba
18:30. QO‘QON-1912 – METALLURG
Hakamlar: Asker Najafaliev, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin, Akmal Rahimov
Nazoratchi: Aleksandr Popov
VAR hakami: Elyor Tursunov
VAR assistenti: Ruslan Serazitdinov
Komissar: Qudrat Madraimov
Fikrlar